
Ronaldu "Real"da o‘zining 396-uchrashuvini o‘tkazdi va bu borada Alfredo di Stefanoga etib oldi
Madridning “Real” klubi etakchisi Krishtianu Ronaldu kecha Ispaniya superkubogi doirasida “Barselona”ga qarshi bo‘lib o‘tgan dastlabki bahsda zahiradan maydonga tushirildi.
58-daqiqada Karim Benzemaning o‘rniga o‘yinga qo‘shilgan portugaliyalik futbolchi uchun ushbu bahs “qirollik klubi” libosidagi 396-o‘yin bo‘ldi. E’tiborlisi, 32 yoshli futbolchi bu borada “Real” afsonasi Alfredo di Stefanoga tengashib oldi.
Eslatib o‘tamiz, kechagi bahsda Krishtianu hakam tomonidan 2 marta sariq kartochka bilan ogohlantirilib, maydondan chetlatilgan, "Real" esa 1:3 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar