Ronaldu Shomurodov qilgan ishni takrorlab, yangi natijaga erishdi

  • 28 fevral, 2021, 11:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasining 24-turida “Yuventus” safar uchrashuvida “Verona” bilan durang o‘ynadi.

Tecno

Veronaliklar avvalgi turda “Jenoa” bilan ochko bo‘lishib olgandi. O‘shanda “Verona” darvozasini ishg‘ol qilgan Eldor Shomurodov jamoasining mag‘lubiyatdan qutilib qolishiga munosib hissa qo‘shgandi.

Bu galgi o‘yinda Krishtianu Ronaldu xuddi Shomurodov singari “Verona” darvozasiga gol urdi. Bu portugaliyalik hujumchining “Yuventus” tarkibida A Seriyada urgan 71-goli sifatida qayd etildi. Shu tariqa, Ronaldu XXI asrda Turin klubida gol urgan to‘purarlar ro‘yxatida uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Krishtianu shu paytgacha 70 gol urgan jamoadoshi Paulo Dibaladan o‘zib ketdi. Biroq, dastlabki ikki pog‘onada turgan futbolchilarning natijasiga etishish uchun portugaliyalik yulduz ancha ter to‘kishi kerak. Chunki Alessandro Del Pero turinliklar uchun A Seriyada 188 ta, David Trezege 123 ta to‘p kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!