Ronaldu takabbur emas
"Yuventus" klubi sobiq darvozaboni Mattia Perin instagramdagi sahifasida turinliklar forvardi Krishtianu Ronaldu unga Portugaliyada qanday yordam ko‘rsatganini aytdi.
“Ronaldu takabbur emas. Men “Benfika” bilan shartnoma imzolash uchun Portugaliyaga borganimda, u menga uy topishda yordam berdi. U barchaga yordam berishga tayyor bo‘lgan top futbolchi”, - deydi Perin.
35 yoshli Ronaldu 2018 yildan buyon “Yuventus” sharafini himoya qilib kelmoqda.

Fikrlar