Ronaldu taniqli nashr talqiniga ko‘ra Evropa tarixidagi eng yaxshi futbolchi bo‘ldi

  • 20 may, 2024, 17:42
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli "FourFourTwo" nashri portugaliyalik afsona Krishtianu Ronalduni Evropa tarixidagi eng yaxshi futbolchi, deb topdi. 

Tecno

Buyuk Britaniya jurnali Evropaning tarixdagi eng yaxshi 100 nafar futbolchisi reytingini tuzib chiqdi. Krishtianu 1-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, niderlandiyalik Yoxann Kroyff ikkinchi pog‘onadan joy oldi. 

Kuchli uchlikka Germaniya afsonasi Frants Bekkenbauer yakun yasagan. Marhamat, quyida yuqori o‘nlik bilan tanishish imkoniga egasiz. 

1. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya);

2. Yoxann Kroyff (Niderlandiya);

3. Frants Bekkenbauer (Germaniya);

4. Zinedin Zidan (Frantsiya);

5. Andres Inesta (Ispaniya);

6. Bobbi Charlton (Angliya);

7. Gerd Myuller (Germaniya);

8. Paolo Maldini (Italiya);

9. Xavi Ernandes (Ispaniya);

10. Mishel Platini (Frantsiya).

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!