
Ronaldu va Benzemaning klublari "Real" etakchisini qo‘lga kiritishmoqchi
"Real Madrid" yarim himoyachisi Luka Modrich faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda TodoFichajes.
Manbaga ko‘ra, 39 yoshli xorvatiyalik futbolchiga "An-Nasr" va "Al-Ittihod" qiziqmoqda. Bu klublarda Luka Modrichning sobiq jamoadoshlari Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema to‘p surmoqda. Saudiyalik klublar Modrichga ikki yillik shartnoma va 100 million evrodan ortiq maosh taklif qilishga tayyor.
Biroq, "Real" tajribali yarim himoyachini qo‘yib yuborishga shoshilmayapti. Madrid klubi Modrich bilan shartnomani kelasi yilning yozigacha uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar