
Ronaldu va Lautaro JCh omadsizlari ramziy jamoasidan joy oldi
"Sofascore" tahlilchilari Jahon chempionatida eng yomon o‘yin namoyish etgan futbolchilardan iborat ramziy jamoani tuzib chiqdi.
Ajablanarlisi, ro‘yxatda 5 karra "Oltin to‘p" sohibi Krishtianu Ronaldu, mundial g‘olibi Lautaro Martines kabi nomlarni ko‘rish mumkin.
37 yoshli hujumchi birorta uchrashuvda to‘liq harakat qilmadi. Lautaro esa aksariyat vaziyatlarda jamoadoshlari yaratgan imkoniyatlarni ko‘kka sovurgani bilan ajralib turdi.
Quyida JCh-2022 omadsizlaridan tuzilgan ramziy jamoa bilan tanishing.
Darvozabon: Eduar Mendi (Senegal).
Himoyachilar: Serjino Dest (AQSh), Kamil Glik (Polsha), Abdu Diallo (Senegal), Bartosh Bereshinski (Polsha).
Yarim himoyachilar: Metyu Lekki (Avstraliya), Xvan In Bom (Janubiy Koreya), Jekson Irveyn (Avstraliya), Ruben Vargas (Shveytsariya).
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), Lautaro Martines (Argentina).
Fikrlar