Ronaldu va Messining gegemonligiga Federer barham berdi

  • 14 aprel, 2021, 22:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan sportchilar daromadlari so‘nggi to‘rt yilda birinchi marta tushdi. Bu Covid-19 pandemiyasining boshlanishi bilan bog‘liq, chunki Ikkinchi jahon urushidan beri birinchi marta ko‘plab muhim sport tadbirlari bekor qilindi yoki qoldirildi.

Tecno

Dunyoning eng ko‘p maosh oladigan 100 nafar sportchisi bu yil umumiy hisobda 3,6 milliard dollar ishlab topdi. Bu esa o‘tgan yilgiga nisbatan 9 foizga kam. Reyting ishtirokchilarining daromadlari 2016 yildan beri birinchi marta kamaydi. Ammo o‘sha yili qulash faqatgina o‘tgan yilgi "yuqori baza" tufayli sodir bo‘lgan edi, bokschilar Floyd Meyvezer va Menni Pakyao o‘rtasidagi "asr jangi"dan keyin bokschilar 400 million dollar ishlab topdi va shu tariqa, jahon sporti elitasining umumiy daromadi ko‘tarilib ketdi.

Tarixda birinchi marta tennischi Rojer Federer reytingning eng yuqori pog‘onasida e’tirof etildi. Shveytsariyalik tennischi oxirgi 12 oy ichida soliqlar bilan qo‘shib hisoblaganda jami 106 million dollar ishlab topdi. Shu tariqa, u so‘nggi to‘rt yildan buyon reytingning birinchi pog‘onasini navbatma-navbat  hech kimga bermay kelayotgan Krishtianu Ronaldu va Lionel Messini ortda qoldirdi. So‘nggi 12 oy ichida jahon futbolining ikki afsonasi jami 209 million dollar daromad oldi. Bu ularning 2019 yilgi daromadlariga nisbatan 28 million dollarga kam deganidir. Bunga Evropaning ko‘plab klublarida 2020 yil mart oyidan mavsumining to‘xtatilishi sabab, maoshlarning pasaytirilgani sabab bo‘lgan.

Yana bir ahamiyatli jihat, Rojer Federer Forbes 1990 yildan beri e’lon qilib kelinayotgan dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi sportchilar reytingida birinchi o‘rinni egallagan tarixdagi 9-sportchiga aylandi. Shuningdek, u ushbu reytingda 1-o‘rinda qayd etilgan ilk tennischi bo‘ldi. Rojer Federer so‘nggi bir yil ichida kortdan tashqarida Uniqlo, Credit Suisse, Mercedes-Benz va boshqa 10 ga yaqin kompaniyalar bilan homiylik shartnomalari imzolash orqali 100 million dollar ishlab topdi. Boshqa biron bir sportchi bu qadar katta homiylik shartnomasiga ega emas. Krishtianu Ronaldu Nike, Altice, Herbalife va o‘zining CR7 brendidan 42 mln dollar ishlab topgan bo‘lsa, Adidas, MasterCard va PepsiCo kompaniyalari bilan hamkorlik qilish ortidan Lionel Messi 32 mln dollar daromad oldi.

Liga chempionov. Messi prokommentiroval sopernichestvo s Ronaldu - Eurosport

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan sportchilar reytingiga 21 mamlakat sportchilari kiritilgan. Reyting ishtirokchilari sportning 10 turi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadi. 2016 yildan beri birinchi marta reytingga ikkita ayol sportchi kiritildi. Bular tennischilar Naomi Osaka va Serena Uilyamsdir. 2016 yilda dunyoning eng ko‘p maosh oladigan ayol sportchilari reytingida Serena Uilyamsdan tashqari rossiyalik tennischi Mariya Sharapova ham kirgandi. Naomi Osaka turnirdagi g‘alabalardan 3,4 million dollar, Nike, Nissan Motor i Procter & Gamble kompaniyalari bilan hamkorlik ortidan 34 million dollar ishlab topdi va u jahon sporti tarixidagi eng ko‘p daromad oluvchi sportchi ayolga aylandi. Shu kungacha dunyoning eng ko‘p maosh oladigan sportchilar reytingiga ayollar orasida faqatgina tennischilar kirgan xolos. Boshqa sport turlari bilan shug‘ullanadigan ayollar hech qachon bu nomga erisha olmagan.

Australian Open 2021 8-21 fevralya: gde smotret, raspisanie, stavki,  prognozy, favority Australian Open

Forbes sportchilarning daromadlarini aniqlashda ularning turnirlarda qo‘lga kiritgan mukofot pullari, professional shartnomalar bo‘yicha ish haqi va olingan qo‘shimcha bonuslarni inobatga oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
нодирбек.фк насаф
14/04/2021 22:59
Буйир узбекистонмас хакконий уйин булди Пахтакор шунчали кучли булса узини манашунака уйинладв узини курсатсин
solijon bobokulov
14/04/2021 22:53
Металлург билан ўйинда офсайддан гол урган Пахтакор Навбахор билан ўйинда 84 дақиқада пенальтига эга бўлувди.Бугун эрон жамоаси офсайддан туриб пенальти ишлади ва гол урди. Пастдаги сарлавҳани қаранглар. Пахтакорга ноҳақ гол уриб кетди. Буни қайтар дунё дейдилар. Мен Навбахор мухлиси эмасман
solijon bobokulov
14/04/2021 22:49
Пахтакор дарвозасига иккита пенальти қўйилди, иккинчиси ўйиннинг охирида яъни 84 дақиқада... . Бунақаси суперлигада кузатилмайди.
Shuxrat Pulatov
15/04/2021 05:06
zato yiglamadi
Shuxrat Pulatov
15/04/2021 05:06
zato yiglamadi
Shuxrat Pulatov
15/04/2021 05:06
zato yiglamadi