
Ronaldu "Verona" bilan mag‘lubiyatga izoh berdi
Turinning "Yuventus" klubi Italiya A Seriyasi 23-turi doirasida "Verona" mehmoni bo‘lib 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu o‘yindan so‘ng jamoa forvardi Krishtianu Ronaldu o‘yin haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Biz o‘zimiz ko‘zlagan natijani qo‘lga kirita olmadik, biroq biz umumiy maqsadga etishish uchun ishlashda davom etamiz", - deydi Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, chempionat 23 turidan so‘ng turinliklar 54 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Agar bugun "Inter" Milan derbisida zafar quchadigan bo‘lsa unda, "neradzurrilar" "Yuve"ni quvib o‘tishadi.
Fikrlar