Ronaldu xudbin!

  • 06.06.2020 13:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" Madrid klubining sobiq yarim himoyachisi Rafael van der Vaart portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan to‘p surgan paytlarini yodga oldi.

“Men uchun birinchi navbatda g‘alaba muhim edi, gol urgan odam emas. Bu ajoyib tuyg‘u edi. Afsuski, ko‘plab hujumchilar xudbin bo‘lishadi. Men “Real”da Krishtianu bilan birga o‘ynadim. Biz o‘z maydonimizda “Sporting”ni 6:0 hisobida engdik va men shu o‘yinda xet-trik qayd etdim. Ammo, Ronaldu gol ura olmadi. U kiyinish xonasida juda ranjigan edi”, - deydi gollandiyalik futbolchi.

Ronaldu “Real” safida 2009-2018 yillarda to‘p surdi va ushbu vaqt orasida jamoa tarixidagi eng zo‘r hujumchi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!