
Ronaldu yana bir rekord sari odimlamoqda
Krishtianu Ronaldu yana bir rekord sari dadil odimlamoqda.
39 yoshli vinger umumiy faoliyatidagi 200 penaltiga yaqinlashmoqda. "An-Nasr" hujumchisi Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Ittifoq"ga qarshi o‘yinda penaltidan hisobni ochgan edi. Umuman olganda, saudiyaliklar jamoasi tarkibida portugaliyalik superyulduz 16 penaltidan yo‘llagan zarbasidan 16 tasini golga aylantira olgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu faoliyati davomida 195 ta penalti amalga oishrgan va 165 tasini golga aylantirgan. Taqqoslash uchun, Lionel Messi hisobida umumiy 140 ta 11 metrlik jarima zarbasini amala oshirgan va ulardan 109 tasini golga aylantira olgan.
Fikrlar