Ronaldu yangi klub tanladi, ammo muammo bor
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalud yangi mavsum faoliyatini yana La Ligada davom ettirishi mumkin.
Avvalroq, xabar berganimizdek, unga Madridning “Atletiko” klubi qiziqish bildirmoqda. Ronaldu Chempionlar Ligasi ishtirok etish maqsadida, "Manchester Yunayted"ni tark etish haqida o‘ylamoqda.
Hozircha uning uchun yaxshi variant - "Atletiko". AS xabariga ko‘ra, Ronaldu “matraschilar” safiga o‘tish orqali nafaqat qit’aning eng kuchli musobaqasida ishtirok etish, balki Madridga yana qaytish istagi sabab ham rozi bo‘lishi bor. "Atletiko" ustozi Diego Simeone Ronalduni futbolchi sifatida yaxshi ko‘radi va u bilan bir jamoada ishlashdan manfaatdor.
Biroq, Ispaniyaning AS nashrining qo‘shimcha qilishicha, Krishning “Atletiko”ga o‘tishi bo‘yicha muammo bor. Ronalduni qo‘lga kiritish uchun madridliklar birinchi navbatda o‘z futbolchilarini sotish orqali kamida 40 million evro pul topishi kerak. Transfer oynasi yopilishiga hali ko‘p vaqt bor va "matraschilar" o‘z rejalarini amalga oshirish uchun bir qarorga kelishi talab etiladi.

Fikrlar