
Ronaldu "Yilning eng yaxshilari"ni aniqlashda ovoz bermadi
FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisiga bag‘ishlangan so‘rovnomada Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu ishtirok etmadi.
2022 yilgi jahon chempionatida Portugaliya terma jamoasi sardori sifatida harakat qilgan forvard "The Best" nominatsiyasida ovoz berganlar ro‘yxatida yo‘q. Uning o‘rniga Pepe sardor sifatida qatnashgan.
"Portu" futbolchisi birinchi o‘rinni Kilian Mbappega, ikkinchi o‘rinni Luka Modrichga, uchinchi o‘rinni Karim Benzemaga berdi.
Yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messiga topshirildi.
Fikrlar