Ronaldu “Yuventus”ga katta ziyon keltirdi

  • 31.10.2022 08:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda Italiya prokuraturasi “Yuventus” klubi o‘z safida o‘ynagan Krishtianu Ronalduga 20 million evro miqdoridagi maoshni yashirincha berganini aniqlagan edi.

Tecno

Endi turinliklarga soliqdan qochgani va noqonuniy xatti-harakatlari uchun 60 million evro miqdorida jarima yuklanishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatdi.

Prokuratura “Yuventus”ni 2019-2021 yillardagi faoliyatini tekshirmoqda. Bunga klub rahbariyati hujjatlarni soxtalashtirishga uringani sabab bo‘lgani aytilyapti.

Ronaldu 2018-2021 yillar davomida “Yuventus” tarkibida jami 134 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 101 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 22 ta golli pas uzatgan.

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!