Ronaldu zo‘rmi yoki Messi? Kasilyas javob berdi

  • 12 oktabr, 2020, 09:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” va Ispaniya terma jamoasining sobiq darvozaboni Iker Kasilyas zamonamizning eng kuchli ikki futbolchisi Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni solishtirdi.

- Krishtianuda bolaligidan har doim eng yaxshi bo‘lish istagi bo‘lgan. U maqsadiga etdi. Agar uni Messi bilan solishtirsak, natijalari Leonikidan yaxshi ekanini tan olish kerak. Messining katta iste’dod sohibi ekanini hammamiz bilamiz, Ronaldu esa eng zo‘r futbolchi bo‘lish uchun uzoq va ko‘p mehnat qildi.

Ikki buyuk futbolchining raqobatini ko‘rish barchamiz uchun omad. Ronalduni yaqindan tanimaganlarga u takabbur bo‘lib ko‘rinishi mumkin, lekin aslida unday emas, - dedi Kasilyas.

Kasilyas madridliklar safida to‘p surgan bo‘lsa-da, kataloniyaliklar etakchisi Lionel Messi bilan do‘stona aloqalarni saqlab qolgan. Ular bir birini qattiq hurmat qilishini ko‘p bor ta’kidlagan. 

Kasilyas 1998-2015 yillar davomida “Real” darvozasini qo‘riqlagan va keyinchalik “Portu”ga o‘tib ketgan edi. Ispaniya tarixidagi eng zo‘r darvozabonlardan biri sifatida e’tirof etilgan Iker faoliyatini yakunlaganini 4 avgust kuni e’lon qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!