Ronaldudan yana bir rekord. U Kasilyasni ortda qoldirdi
Chempionlar Ligasining 2-turida "Yuventus" "Bayer"ni qabul qilib, yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Turinliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu ChLdagi 102-g‘alabasiga erishdi. Bu ko‘rsatgich bo‘yicha Kasilyas (101 ta g‘alaba) ni ortda qoldirib, birinchi o‘ringa chiqib oldi.
3-o‘rinni "Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Xavi egallab turibdi. Uning hisobida 91 ta g‘alaba bor.
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi hisobida 80 ta g‘alaba mavjud va argentinalik futbolchi bu ko‘rsatgich bilan 4-pog‘onani egallab turibdi.



Fikrlar