Ronalduga joy topilmadi

  • 24 dekabr, 2021, 08:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

CIES Football Observatory futbol tadqiqatlari markazi 2021 yil yakunlari bo‘yicha Angliya premer-ligasining ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.

Tecno

Tashkilot mutaxassislar ramziy terma jamoani tuzishda futbolchilarning statistik ko‘rsatkichlari orqali ularning individual va jamoaviy o‘yindagi samaradorligini o‘lchaydigan CIES Performance Index reytingiga asoslandi.

Unga ko‘ra, ramziy jamoadan uch jamoa – “Manchester Siti”, “Liverpul” va “Chelsi” o‘yinchilari joy oldi.

Darvozasini qo‘riqlashga “Chelsi”dan yagona vakil Eduar Mendi loyiq topildi.

Himoya chizig‘iga “Liverpul”dan Trent Aleksandr-Arnold, “Manchester Siti”dan Emerik Laport, Ruben Diesh, Joau Konselu o‘rin oldi.

Maydon markaziga “shaharliklar”dan Rodri Ernandes, Bernardu Silva va “Liverpul”dan Jordan Xenderson qo‘yildi.

Hujum uchligini Yurgen Klopp shogirdlari – Muhammad Saloh, Diogo Jota va Sadio Mane tashkil qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!