
Ronalduga yangi jamoa topildimi?
PSJ sport direktori Leonardo “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning Parij klubiga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
- Ronaldu atrofidagi barcha xabarlar uning futbol olamida mashhurligi bilan bog‘liq. Agar Krishtianu jamoasini almashtirmoqchi bo‘lsa, u qaysi klubga o‘tishi mumkin? Umuman olganda, Ronaldu darajasidagi futbolchini qaysi jamoalar o‘ynata oladi? Bunday jamoalar dunyoda besh-oltita xolos. PSJ ular orasida. Biz doim o‘z reja va nishonlarimizni oldindan belgilab olamiz. Ba’zan hayratlanarli transferlar ham bo‘ladi, - dedi Leonardo.
Avvalroq, “Yuventus” Ronalduning transferiga sarf qilingan 100 million evroning ma’lum qismini qaytarib olish uchun uni o‘zaro shartnoma tugamasidan sotib yuborishga harakat qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
O‘z navbatida, mutaxassislar PSJ xo‘jayini Nasser Al-Xelaifiy Ronalduning muxlisi bo‘lgani uchun parijliklar bu transferga 70 million evro tikishga tayyorligini aytilmoqda.
Fikrlar