Ronalduni kechiramanmi?

  • 10 dekabr, 2022, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag o‘zini matbuot orqali tanqid qilgan Krishtianu Ronaldu bilan suhbatlashib olishga tayyor ekanini bildirdi.

Tecno

- Kelajakda Ronaldu bilan gaplashishim mumkinmi? Ha. Lekin men undan biron nima so‘ramayman yoki e’tiroz qilmayman. Men doim oshkora ishlaganman va Krishtianu bilan mening qarashlarim haqida suhbatlashganmiz. Kelajakda u bilan yana gaplashish uchun hech qanday muammo ko‘rmayapman.

Men uni kechiramanmi? Bu kabi savollarga javob berishni istamayman. Men u bilan gaplashib olishga tayyorman.

U menga hurmatsizlik qildimi? Balki qilgandir. Menga buning ahamiyati yo‘q. Bu kabi narsalarni muhokama qilishga vaqt sarflamayman. Oldinga intilishimiz kerak. Ronaldu bu jarayonning bir qismi edi, lekin boshqa yo‘lni tanladi.

U “Manchester Yunayted”ga katta hissa qo‘shgan buyuk o‘yinchi, lekin bularning bari o‘tmishda qoldi. Endi oldinga qarab ish qilish lozim, - dedi Erik ten Xag.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!