Ronalduning agenti MYuga Sanchoning alternativini taklif qildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" "Barselona" yarim himoyachisi Ansu Fatining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Yozgi transfer oynasi vaqtida mankunianliklar vinger transferi bo‘yicha ish olib borishmoqda. Diario Sport nashriga ko‘ra, taniqli agent Jorje Mendesh "qizil iblislar"ga "Borussiya Dortmund" xavbeki Jeydon Sanchoning alternativi sifatida ispaniyalik futbolchini taklif qilgan.

Ayni damda MYu "asalarilar" bilan angliyalik futbolchining tovon puli bo‘yicha kelisha olmayapti, Fatining transferi esa "qizil iblislar"ga arzonroq tushishi mumkin.

Yoz boshida Mendesh "Barselona"dan Fatining tovon puli 100 million evro ekanligi haqida ma’lumot olganidan so‘ng, uni mankunianliklarga tavsiya qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
FarxodMaxmudovich
12/08/2020 13:38
Bir Sancho bir Fati bular tugaydimi futbolchi sotib olish niyati jiddiy bo'lsa tezroq hal qilib olishsa yaxshi bo'lardi