Ronalduning jarohati haqida dastlabki ma’lumotlar e’lon qilindi

  • 26 mart, 2019, 20:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida kecha Serbiyaga (1:1) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda jarohat olgan edi.

Tecno

Eslatib o‘tish lozimki, 34 yoshli futbolchi kechagi o‘yinning 30-daqiqasida jarohat olib maydonni tark etgan edi.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra dastlabki tibbiy tekshiruvlar Ronalduning o‘ng oyoq son mushaklarida shikastlanishni aniqlagan. Ammo, uning sog‘ayishi uchun qancha muddat talab etilishini bilish uchun esa yana bir nechta tibbiy ko‘rik o‘tkazilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” 10 aprel kuni Chempionlar ligasi chorak finalida “Ayaks”ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!