Ronalduning kechagi ishi antirekordga sabab bo‘ldi

  • 2 iyul, 2024, 10:52
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu Evropa chempionatida antirekord sohibiga aylandi. 

Portugaliya terma jamoasi forvardi 1/8 final doirasidagi Sloveniya bilan o‘yinda penaltidan foydalana olmadi. Qo‘shimcha bo‘limda darvozabon Yan Oblak zarbani qaytardi. 

Ronaldu Evropa chempionatlari doirasida ikkita penaltidan foydalana olmagan ilk futbolchiga aylandi. Ushbu holat ilk bora 2016 yilda Avstriyaga qarshi bellashuvda sodir bo‘lgandi. 

Qayd etish lozim, kecha portugallar penaltilar seriyasida Sloveniyani taslim etib, (0:0, 3:0) chorak finalga yo‘l oldi. O‘yindagi holatdan farqli u seriyada 11 metrlik nuqtadan unumli foydalandi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!