Ronalduning kelgani boshqa yulduzga qimmatga tushdi

  • 18 sentabr, 2021, 19:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Edinson Kavani muvaffaqiyatli kechgan o‘tgan mavsumdan so‘ng, yangi chempionatda ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishiga ishonib, “Manchester Yunayted” bilan shartnomani uzaytirgan edi.

Tecno

Biroq, yozgi transferlar davrining so‘nggi kunlarida jamoaga Krishtianu Ronalduning kelishi urugvaylik hujumchiga ham kutilmagan voqea bo‘ldi. Portugaliyalik yulduz o‘zi ishtirok etgan o‘yinlarda uzluksiz gol urayotgani Kavanining maydonga tushish imkoniyatini pasaytirib yubordi.

Shu bois, Edinson “Manchester Yunayted”ni tark etishga qaror qildi. Kavani ko‘proq o‘yin amaliyoti taqdim qiladigan klubga o‘tishni istayapti. Mutaxassislar bu transfer qishda ro‘y berishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

34 yoshli futbolchining manchesterliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Kavani yangi mavsumda atigi bir marta maydonga tushdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!