Ronalduning kelishini bilganimda edi...

  • 7 may, 2022, 10:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujumchisi Edinson Kavani jamoadoshi Krishtianu Ronalduning klubga kelganiga munosabat bildirdi.

- “Manchester Yunayted” Ronalduni o‘z safiga qo‘shib olganida bu juda yaxshi transfer, deb o‘ylagandim. Darrov akamga qo‘ng‘iroq qildim va “Fernando, agar bu transfer bir hafta avval bo‘lganida sendan menga boshqa klub topib berishni so‘ragan bo‘lardim”,  dedim.

Bu Ronaldu bilan birga o‘ynashni istamaganimdan emas. Menda uni yaqindan bilib olish imkoni paydo bo‘ldi. Krishtianu haqiqiy professional. Oldiga katta maqsadlarni qo‘yishi sportchi uchun muhim. Lekin men futbolda hammasi qanday qurilganini bilaman. Hammasi tez sodir bo‘ldi.

Akam menga: “Edi, yaxshi tomonini o‘yla va o‘zingni ko‘rsatish yo‘lini top”, dedi.

Men avvalgi klublarimda bo‘lgani kabi jamoaga yordam berishga harakat qildim, lekin amalda  hammasi boshida xavotir olganimdek bo‘lib chiqdi, - dedi Edinson Kavani.

Urugvaylik hujumchining shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi. Tajribali to‘purar etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani bois, Manchesterdan ketib, Evropaning boshqa klubiga ko‘chib o‘tishni mo‘ljallayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!