
Ronalduning o‘g‘li Instagramda bir kunda 600 ming obunachi to‘pladi (FOTO)
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronalduning o‘g‘li Instagramda o‘z sahifasini ochdi.
Instagramda minicristianoronaldo10 deb nomlangan sahifa bir kun ichida 600 ming obunachi to‘play oldi. Kichik Krishtianu o‘z sahifasiga Jorjina Rodriges bilan birga tushgan suratini joylashtirdi.
Ma’lumot uchun, kichik Krishtianu 2010 yilda tug‘ilgan. U ayni damda “Yuventus”ning bolalar jamoasida to‘p surmoqda.
Fikrlar