
Ronalduning rekordi sindi
Angliya premer-ligasining uchinchi turidan o‘rin olgan “Brayton” va “Manchester Yunayted” o‘rtasidagi uchrashuvda bir paytlar Krishtianu Ronaldu tomonidan o‘rnatilgan rekord yangilandi.
O‘yin davomida mezbonlar yarim himoyachisi Leandro Trossarning zarbalaridan uchtasi David de Xea qo‘riqlayotgan darvoza ustuniga tegib qaytdi. Avval, bunday natija faqatgina Ronaldu ishtirokida kuzatilgan edi.
2006 yili Ronaldu “Manchester Yunayted” safida o‘ynaganida “Nyukasl” darvozasining ustunini uch bor nishonga olgan.
Umuman esa, “Brayton” futbolchilarining zarbalaridan beshtasi darvoza ustuniga tegib qaytdi va bu ham Angliya premer-ligasi tarixida avval kuzatilmagan voqea sifatida qayd etildi.
Fikrlar