
Rossiya klubi ikki o‘zbek jamoasi bilan o‘ynashini e’lon qildi
Rossiya Premer-ligasi ishtirokchisi mavsumning ikkinchi yarmiga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Qozonliklar ikkinchi xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Turkiyada o‘tamoqda.
Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Rubin” ikkinchi yig‘inda bir juft o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi belgilangan. Bu bahslar O‘zbekiston Superligasi vakllari – “Surxon” va “Neftchi”ga qarshi bo‘ladi.
4 fevral kuni Termiz shahri jamoasi qozonliklarga qarshi saf tortadi. Farg‘onaliklar “Rubin” bilan 9 yanvarda bellashadi.
“Rubin” o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari yaxshi tanish. Mavsumning birinchi yarmida bu jamoada Umarali Rahmonaliev va Rustamjon Ashurmatov to‘p tepdi.
Yaqinda qozonliklar Umaralini Ozarbayjonning “Sabah” jamoasiga ijaraga berib yubordi. Shuningdek, Rustam Ashurmatov ham O‘zbekistonga qaytishi kutilmoqda.
Fikrlar