Rossiya premer-ligasida Covid-19 bilan bog‘liq ikkinchi holat qayd etildi

  • 19.05.2020 15:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qozonning "Rubin" klubi himoyachisi Konstantin Plievda koronavirus aniqlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

“Konstantin o‘zini yaxshi his qilyapti va hozir o‘zi tug‘ilib o‘sgan Vladikavkazda shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi. Unga tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz!”, - deb yoziladi klub bayonotida.

Aytish kerakki, bu Rossiya premer-ligasida Covid-19 bilan bog‘liq ikkinchi holat hisoblanadi. Bundan avvalroq "Lokomotiv" hujumchisi Jefferson Farfanda ushbu virus aniqlangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!