Rossiya terma jamoasi sobiq hujumchisida ham koronavirus aniqlandi
Ekaterinburgning "Ural" klubi a’zolari koronavirusga qarshi test topshirdi.
TASS tarqatgan xabarga qaraganda, COVID-19 jamoaning faqatgina bitta a’zosida - Pavel Pogrebnyakda aniqlangan. Buni klub rasmiylari ham tasdiqlagan.
Ta’kidlash kerakki, “Ural” koronavirus chiqqan RPLning 6-jamoasi bo‘ldi. Bungacha "Lokomotiv", "Rubin", "Dinamo", "Krasnodar" va "Orenburg" klublari a’zolarida ham virus aniqlangan edi.

Fikrlar