Rossiya terma jamoasining "JCh-2022" saralashidagi o‘yini bo‘yicha yakuniy qarorni FIFA qabul qiladi

  • 25.02.2022 17:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"JCh-2022" saralash turnirining pley-off bosqichidan o‘rin olgan Rossiya terma jamoasining uy o‘yini so‘roq ostida turibdi.

Bu boradagi qarorni ushbu o‘yinlarning bosh tashkilotchisi hisoblangan FIFA tomonidan qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, UEFA allaqachon Rossiya va Ukrainadagi barcha o‘yinlarni, jumladan Sankt-Peterburgda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Chempionlar ligasi finalini neytral maydonga ko‘chirishga qaror qildi.

Rossiya, Polsha, Shvetsiya va Chexiya terma jamoalari ishtirokidagi o‘tish o‘yinlari 24 va 29 mart kunlariga belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!