Rossiyalik futbolchi O‘zbekistonga chaqirishganini aytdi

  • 23 yanvar, 10:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasi vakili “Ximki” jamoasidagi faoliyatini yakunlagan Kirill Panchenko O‘zbekiston va Qozog‘iston klublaridan chorlov bo‘lganini aytdi.

- Hozircha, “Dinamo-2” jamoasi bilan shug‘ullani turibman. O‘zbekiston va Qozog‘istondan takliflar bor. Lekin bu mamlakatlar uzoqda joylashgan, hayot tarzi boshqacha. Lekin moliyaviy tomonida juda yaxshi.

Rossiyaning birinchi ligasidagi jamoalarda o‘ynash varianti bor. Lekin bu klublar o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ymagan. Hali bir qarorga kelganim yo‘q. Biroq faoliyatimni tugatish haqida o‘ylaganim yo‘q, kuchim bor va yana o‘ynash niyatidaman, - dedi Kirill Panchenko.

35 yoshli futbolchi professional faoliyati davomida “Nijniy Novgorod”, “Mordoviya”, “Tom”, “Arsenal Tula”, “Tambov”, “Dinamo Moskva”, TsSKA kabi klublarda ham o‘ynagan.

Oxigi ikki yil “Ximki”da to‘p tepgan hujumchi bir oy oldin klub bilan o‘zaro kelishgan holda amaldagi shartnomasini bekor qildi. Panchenko joriy mavsumda barcha turnirlarda 13 marotaba maydonga tushib, uchta gol urgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!