
Rossiyalik nokautchi Artur Beterbievning jangi bekor qilindi!
Professional boksning yarim og‘ir vaznda (79,3 kg) WBC/WBO/IBF yo‘nalishlarida jahon chempioni Artur Beterbievning (19-0, 19KO) va super o‘rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Kallum Smitga (29-1, 21KO) qarshi himoya jangi bekor qilindi.
19 avgust Kanadaning Kvebek shahridagi Videotron markazida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bahs Beterbievning jag‘idagi suyak infektsiyasi tufayli qoldirildi. Beterbiev bugun Kanadaning Monreal shahrida operatsiya qilindi.
Fikrlar