
Rossiyalik sportchilar "Tokio-2020" o‘yinlarida qanday nom ostida ishtirok etadi?
Rossiya olimpiya qo‘mitasi prezidenti Stanislav Pozdnyakov mamlakat sportchilari "Tokio-2020" o‘yinlarida qanday nom bilan ishtirok etishini ma’lum qildi.
"Jamoaning nomi ROC (Russian Olympic Committee) bo‘ladi", - dedi Pozdnyakov.
Eslatib o‘tamiz, Oliy sport arbitraj sudining qarori bilan ko‘p marotaba antidoping buzilish va soxtalashtirishlar sababli Rossiya Butunjahon antidoping Kodeksiga muvofiqlik statusidan mahrum etilgan va ikki yil davomida o‘z milliy bayrog‘i hamda madhiyasi ostida chiqish qilolmaslik, sportchi va jamoalar esa rossiyalik emas, balki «neytral» deb atalishi bilan jazolangan.
Fikrlar