Roy Jonsni ikkita jang qiziqtirmoqda... Anderson Silva dastlabki raqib!

  • 26 dekabr, 2020, 17:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

To‘rt vazn toifasida sobiq jahon chempioni kichik Roy Jons UFC afsonasi Anderson Silva bilan boks qoidalari bo‘yicha bellashib ko‘rishga qiziqmoqda.

 “Menimcha, uni Tayson bilan revansh va Anderson Silvaga qarshi jang qiziqtirmoqda. Anderson Silva u uchun birinchi tanlov bo‘lar edi “, - dedi Jonsning murabbiyi Tom Yankello The Sun nashriga.

 Shuningdek, Roy braziliyalik Anderson Silva bilan jang haqida anchadan buyon gaplashib kelayotganini, endi u UFCda emasligini inobatga olib, mazkur jangni  tashkil qilishlari mumkinligini ta’kidladi.

 Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy 51 yoshli Jons afsonaviy Mayk Tayson bilan sakkiz raundlik jang o‘tkazgandi.

Konor-Pore, Xollouey-Kattar hamda Chimaev-Edvards jangida kimlarning imkoniyati yuqori? (Tahlil)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!