Roy Kin: "Trent ketsa, ketaversin"

  • 21.04.2025 15:49
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning sobiq sardori Roy Kin "Liverpul" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldning jamoadan ketishiga o‘z munosabatini bildirdi.

- Menga Trentning transferi haqidagi muhokamalar, go‘yo u "Liverpul"ni tark etsa dunyo to‘xtab qoladigandek bo‘layotgani tushunarsiz. Shubhasiz, u yaxshi futbolchi, biroq, klub uning o‘rnini bosadigan boshqa himoyachini topadi.

Tecno

"Liverpul"ni Aleksandr-Arnolddan ham kuchliroq futbolchilar tark etgan. Shundan so‘ng ham hammasi yaxshi bo‘lgan, - deya irlandiyalik futbolchining so‘zlarini keltirdi "The Mirror" nashri.

Avvalroq, matbuotda ingliz himoyachisi yozda erkin agent sifatida "Real Madrid"ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!