Ro‘ziqul Berdiev bugungi g‘alabani muxlislar va yana kimga bag‘ishlagani, jamoa OFK kubogidan ko‘ra Superligada ko‘proq qarshilikka uchrayotgani borasida gapirdi

  • 22 sentabr, 2021, 22:31
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

OFK Kubogi-2021 hududlararo yarim finalidan o‘rin olgan “Nasaf” - “Moxun Bagan” uchrashuvida qarshiliklar 6:0 hisobida zafar quchishdi.

Dastlab hindistonliklar o‘z darvozalarini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Keyin Husayin Norchaev xet-trik qayd etdi. Birinchi bo‘lim oxirida Oybek Bozorov bitta gol urdi.

Tanaffusdan so‘ng Doniyor Narzullaev bir bor darvozani ishg‘ol qildi. Natijada "ajdarlar" 6:0 hisobidagi g‘alaba bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiev ishtirok etdi.

 - Barcha yurtdoshlarimizni g‘alaba bilan tabriklaymiz. Stadionga kelgan muxlislar bizga katta kuch bag‘ishladi. G‘alabada ruhiy tayyorgarlik juda muhim.

O‘zaro o‘yin o‘tkazmagunga qadar nimadir deyish qiyin. Lekin mana maydonga tushib, zafar quchdik.

Penalti tepish bo‘yicha qaysidir futbolchiga ko‘rsatma bermaganmiz. Futbolchilar o‘zaro kelishib olishdi va Oybek Bozorov penaltini amalga oshirdi.

Kaluderovichning kelishi raqobatni kuchaytiradi. Husayin Norchaev ham yaxshi o‘ynamoqda. Legioner keldi deb, Norchaevni zaxiraga o‘tkazib qo‘yib bo‘lmaydi. Sog‘lom raqobatni borligi yaxshi.

“Nasaf” OFK kubogida ko‘proq qarshilikka uchrayaptimi yoki Superligada? Ichki chempionatda. Chunki Superligamizda raqobat ancha kuchli. Ko‘pchilik chempionatimizning saviyasi tushib ketgani borasida gapirmoqda. Lekin oxirgi natijalarni qarasangiz chempionatimiz saviyasi ancha kuchli. Shuning uchun biz Superligada qiyinchilikka uchramoqda.

Bugungi g‘alabani muxlislarga bag‘ishlaymiz. Qolaversa, bugun eng yaqin nabiramning tug‘ilgan kuni va ushbu g‘alabani unga ham bag‘ishlayman, - dedi Ro‘ziqul Berdiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Нормамат Носиров
22/09/2021 22:51
2021 ЙИЛ ОФК ЧИМПИОНАТИДА НАСАФ 5ТА УЙИН 19 ТА ГОЛ 15 ОЧКО 6 БАЛ КОЙИЛ ПАХТАКОР ВА АГМК ИККАЛАСИ 7 БАЛ... ПФЛ ЭНДИ ЭЪТИБОР КАРАТАР НАСАФГА РЕЙТИНГДА ЭРОНДАН УТАМИЗ НАСАФ МУХЛИСЛАРИНИ ТАБРИКЛАЙМАН.
Нормамат Носиров
22/09/2021 22:42
БАРАКАЛЛА НАСАФ! ИШОНЧЛИ ГАЛАБА ТА БРИИК ЛАЙМИЗ
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
23/09/2021 00:23
uzimizni chempionatka bugunkiday sudiya ishlaganiga va raqib jamoa stadiyonlari ham Nasafnikiday talabka javob bersa Nasaf bemolol chempion buladi. chunki bir klub emas. Uzbek fudboli muhlisi bulib mart bulib tan olaylik Nasaf uyin taraflama ham uzimizni klubladan bir ustun klass bobiga.
Baxil Alihuja
23/09/2021 12:42
Суперлигада хакамлар пахтакорга ён босади! Шунинг учун ички чемпионатда факат ва факат пахтакор ютади.