Ro‘ziqul Berdiev: "Finalda yaxshi o‘ynab, maqsadimizga erishishga harakat qilamiz"

  • 4 noyabr, 2021, 21:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“OFK Kubogi-2021” final uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev va jamoa sardori Umar Eshmurodov ishtirok etishdi.

Tecno

Ro‘ziqul Berdiev: - Ertaga bizni final kutyapti. Ikkala jamoa ham finalga osonlikcha etib kelmadi. Shu sababli ikkala jamoa ham borini berib maydonda harakat qiladi.

Raqib jamoani yaxshi o‘rgandik. Raqib – juda shakllangan jamoa. Tarkibida mahoratli futbolchilari ko‘p. Ancha tartibli o‘ynaydi. Yigitlarga raqib to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishga harakat qildik.

Balki issiq ob-havo biroz qiyinchilik tug‘dirishi mumkin, lekin bu bahona bo‘la olmaydi. Qanday qiyinchilik bo‘lsa-da, biz final uchrashuvida juda yaxshi o‘ynagan holda asosiy maqsadimizga etishishga harakat qilamiz.

Final – bitta o‘yindan iborat. To‘g‘ri, musobaqa to‘purari, assistlar etakchilari, ko‘p gol urilganligi kabi raqamlar va statistikalar biz tarafimizdadir. Lekin oldingi o‘yinlar natijalarini unutgan holda bor e’tiborni oldindagi hal qiluvchi bahsga qaratamiz.

Umar Eshmurodov: - Ertaga muxlislarimizni, xalqimizni chiroyli g‘alaba bilan xursand qilish uchun maydonga tushamiz va borimizni beramiz.

PFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!