Ro‘ziqul Berdiev: "Kubok o‘yinlarida yigitlarimda katta ishtiyoqni ko‘rmadim"

O‘zbekiston Kubogi “N” guruhi doirasidagi “Andijon” – “Nasaf” (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- “Andijon” jamoasini keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklaymiz. “Andijon” jamoasi bugun katta ishtiyoq evaziga kerakli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Biz qiyin o‘yin o‘tkazdik. Qizil kartochkadan keyin ham g‘alaba uchun hujumga e’tibor qaratdik. Oxirgi daqiqada qarshi hujumda darvozamizdan gol o‘tkazib yubordik.

- “Nasaf”dan Kubok o‘yinlarida ham ko‘p narsa kutgandik. Alamli bo‘ldi. Kubok bahslarida Abduvohid Ne’matovni yo‘qligi jamoaga bilintirdimi?

- Darvozabon ko‘p vaziyatlarda bizni qutqarmadi. Buni sabab deb bilmaylik. Yutqazganda jamoa yutqazadi. Hujum chizig‘imiz gol urganida balki vaziyat boshqacharoq bo‘lardi. Shuning uchun jamoa sifatida keyingi bosqichga chiqa olmadik. Kubok o‘yinlarida yigitlarimda katta ishtiyoq sezmadim va ko‘rmadim. Buni o‘tgan o‘yinda ham, uydagi o‘yinda ham bilgandik. Albatta, yo‘qotishlar ko‘zga tashlandi. Bu narsa biz uchun yaxshi bo‘lmadi. Baribir maydonga chiqib o‘z saviyamizni ko‘rsatishimiz kerak edi.

- “Nasaf” O‘zbekiston Kubogining amaldagi sohibi hisoblanadi. Lekin jamoangiz guruhda qolib ketdi. Buni qanday izohlaysiz?

- Albatta, bu yaxshi natija emas, ko‘ngildagidek emas. Oldin ham aytgandim, har bir o‘yinlarda, oldimizdagi musobaqalarda maksimal harakat qilamiz. Lekin shunaqa bo‘ldiki, biz guruhda qolib ketdik.

- “Nasaf” mart oyida “Andijon” bilan chempionat doirasida ham to‘qnashgandi. Ikkala uchrashuvni solishtirganda qanday farqlarini ko‘rdingiz?

- Ko‘p farqni sezmadim. “Andijon” jamoasi tartibli o‘ynab, katta ishtiyoq evaziga jamoaviy o‘yinni yaxshi yo‘lga qo‘yyapti. Shuni ham ta’kidlab o‘tishim kerakki, o‘z stadionidagi muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi bu jamoa uchun katta kuch. Buni ular amalda ham ko‘rsatishyapti. Muxlislar jamoasiga katta kuch berishyapti.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ulja Toliyev
28/04/2024 21:37
Насафга нимадир бўлаяпти ёки бердиевга
Абдухаликов Мухаммад
29/04/2024 08:45
Андижон яхши уйнаяпти
&
Kesh
28/04/2024 22:11
Бахона сузлардан кура уринни бушатиш керак йигит
&
Ulja Toliyev
28/04/2024 21:44
Чиқолмаслигини навбахорга ютқазган пайт билувдим
Rustam Yuldashev
28/04/2024 21:30
Жамоага иштиёк сиз бера олмаяпсиз урток Бердиев
&
Bolelshik
28/04/2024 21:28
Nasafni tanimayapmiz, o'rtoq Berdiev! Nahotki ertaga bo'ldingiz? Bugungi o'yindan g'alaba kutgandim, yutqazdim mayli durangdan ko'ra mag'lubiyat yaxshiroq. Andijon Dinamodan ko'ra keyingi bosqichga loyiqroq, qiziq o'yinlar ko'ramiz, dinamoni Toshkent jamoalari ezg'ilab tashlardi. Andijon hech bo'lmasa, finalgacha bora oladigan jamoa. Omad tilaymiz!