Ro‘ziqul Berdiev: "O‘yin boshidagi vaziyatdan foydalanganimizda boshqacha ketardi"

  • 17 iyun, 2024, 18:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“So‘g‘diyona” – “Nasaf” (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiev mag‘lubiyat sababi haqida gapirdi.

Tecno

- Ko‘p narsaga to‘xtalmoqchi emasman. “So‘g‘diyona” jamoasi g‘alaba qozondi. Ularni tabriklayman.

- Jamoangizga nima etishmadi?

- Albatta, gol etishmadi. Ko‘rdinglar, ko‘p vaziyatlar bo‘ldi. Shuning uchun ko‘p detallarga qaytmoqchi emasman. O‘zlaring ko‘rdinglar, qanchalik ustunlik va imkoniyatlar yaratgan bo‘lsak-da, gol ura olmadik va mag‘lubiyatga uchradik. Agar uchrashuv boshidagi vaziyatdan foydalanganimizda balki boshqacha ketardi. Raqib qarshi hujumlarda yaxshi harakat qildi va bitta vaziyatda gol keltirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!