Ro‘ziqul Berdiev: Umid qilamanki, bizda boshqa yo‘qotish bo‘lmaydi

  • 20 oktabr, 2021, 21:28
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

OFK Kubogi yarim final bosqichidan o‘rin olgan bahsda "Nasaf" Gong Kongning "Li Man" klubini 3:2 hisobida mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiev ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"Asosiy ishni bajardik va finaldamiz. Oson o‘yin bo‘lmasligini bilar edik. O‘z xatolarimiz tufayli gol o‘tkazib yubordik. Asosiysi o‘yinni g‘alaba bilan yakunlay oldik. Final bilan barchani tabriklayman.

Birinchi taymda pressing uyushtirib, raqibga deyarli o‘yin bermadik. "Li Man"ning o‘yini bizga bog‘liq ekanligini bilardik. Men ularning saviyasi biznikidan past, deb o‘ylamayman. Ularda yaxshi darajadagi mahalliy va legioner futbolchilar harakat qiladi.

Andriya Kaluderovich jamoamizga kelgan paytda bir narsani ta’kidlagandim, u to‘purar bo‘lmasin, ammo kerakli vaziyatda gol urib bera olsin. Bugun xuddi shunday bo‘ldi.

Husniddin Aliqulovning jarohati biroz jiddiy. Uni operatsiya qilish kerak ekanligini eshitdim. Bilishimcha, uning elka suyagi singan. U kelajagi eng porloq futbolchilarimizdan. Umid qilamanki, bizda boshqa yo‘qotish bo‘lmaydi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
20/10/2021 21:39
Husniddin. fenalni utkazib yuborsa Nasafka katta yoqotish buladi lekin. Nasaf haqiqatdan kuchli kamanda ekan. har taraflama raqibka uyin bermadi. kupgena ayrim muhlisla. Raqib oddiy ekan deydi. lekin shuni unitmaslik kerak. Nasaf usha kuchliman degan. Uzbek klublarini ham mazasini qochergan. uyin taraflama. Nasaf uta kuchli. shunchaki tan berish kerak.