Ro‘ziqul Berdiev: "Yaxshigina qarshilikka uchradik"

  • 16 iyun, 01:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 12-turida “Nasaf” o‘z maydonida “Navbahor”ni qabul qildi va Dragan Cheranning yagona goli evaziga muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev bahs haqida gapirdi va savollarga javob qaytardi.

Tecno

- Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Yaxshigina qarshilikka uchradik. Raqib yaxshi himoyalandi. Bizga ko‘p vaziyat yaratishga imkon bermadi. Shunga qaramasdan yigitlar bugungi g‘alabani o‘ylab maydonda oxirigacha harakat qilishdi. Biz raqibni xato qilishga majbur qildik va buni kutdik. Uchrashuvda muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik. To‘g‘ri, tepm va tezlik yuqori bo‘lmadi. Bunday issiqda tezkor o‘yin ko‘rsatish ham qiyin. Shunga qaramay, natija uchun o‘ynaladigan o‘yin edi. Kimdir gol ursa, o‘sha jamoa uch ochkoni qo‘lga kiritishi mumkin edi va biz bundan foydalandik.

- Rubin Xebay nega kam o‘ynayapti?

- Chunki Xusayn yaxshiroq holatda. Shu bois Norchaevga ko‘proq imkoniyat beryapmiz. To‘g‘ri, Xusayn bugun gol urmagandir, ammo mehnati bilan jamoaga yordam berdi. Xebay ham bugungi uchrashuvga menimcha yaxshi qo‘shildi. Agar tepgan zarbasi gol bo‘lganida turni eng chiroyli gollaridan biri bo‘lardi.

- Terma jamoadan qaytgan futbolchilarni holati qanday?

- Har doim ta’sir qilgan. Chunki u erda boshqa mashg‘ulotlar, bizda esa boshqa mashg‘ulotlar olib boriladi. Holati har xil bo‘ladi. Shuning uchun Akmal Mozgovoy harakat qildi, ammo biz kutgan o‘yinni ko‘rsata olmadi. Shu bois ba’zida bu narsa yigitlarga ta’sir qiladi. Shunga qaramasdan ularni tajribasiga suyanib, o‘yinga qo‘ydik.

- Akmal keyingi paytlarda janjalkash bo‘lib qolyapti. Uni tezroq uylantirasizmi?

 - Gaplashamiz. Yo uylantirish kerak, u suhbat olib borish kerak (kuladi). Xissiyotga beriladi, qiziqqon. Ammo o‘zini nazorat qilishi kerak. Chunki keraksiz joyda kartochka olib jamoani yomon ahvolda qoldirishi mumkin.  

- Nima uchun “Nasaf” raqib jarima maydoni ichida gol urishga harakat qiladi? Angliya yoki boshqa grandlarga o‘xshab uzoqdan gol urmaydi? Bu taktikangizmi yoki futbolchilar tavakkal qilishmaydimi?

- Uzoqdan tepinglar deb ko‘rsatma beramiz. Angliya va o‘zbek futbolini taqqoslamang. Ba’zida o‘yinchilar buni o‘zlariga olishga jazm qilmaydi. Ko‘p uchrashuvlarda uzoq masofadan gol ham urdik. Boya aytib o‘tdim, “Navbahor” yaxshi himoyalandi. Beshta bo‘lib himoyalanganda ko‘p vaziyat kutish ham shart emas. Bunday jamoalarga qarshi bitta vaziyatdan foydalanish va rejasini buzish lozim. Shuning uchun biz sabr qilib kutishimiz kerak edi va bunga erishdik.

- Sherzod Nasrullaevni jarohati bor ekan...

- Sherzod o‘yindan keldi. Biz bilan ko‘p mashg‘ulot o‘tkazmadi. Engil jarohati borligi uchun tavakkal qilmadik. Uni ham yo‘qligi jamoamiz o‘yiniga ta’sir qilyapti. O‘ylaymanki, keyingi uchrashuvda yordami tegadi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!