RPL. 5 ta gol urilgan, hamyurtlarimiz assistlar qilgan bahsda TsSKA g‘alaba qozondi
RPL 14-turidan o‘rin olgan TsSKA - "Nijniy Novgorod" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Stotskiy hisobni ochdi. Uning goliga Yo‘ldoshev assistentlik qildi. 37-daqiqada Chalov imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ygan bo‘lsa, Aleksandrov 40-daqiqada jamoasini oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng Abbosbek katta sahnaga chiqdi. 71-daqiqada Fayzullaevning qanotdan uzatgan pasidan so‘ng Yo‘ldoshev o‘zining darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Oradan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas Fayzullaev Davilaning goliga assist amalga oshirdi.
Shu tariqa, TsSKA turnir jadvalida 24 ochko bilan 3-o‘ringa chiqib oldi. "Nijniy Novgorod" esa 6-pog‘onaga joylashgan.



Fikrlar