RPL. Ashurmatov zaxiradan maydonga tushgan uchrashuvda "Rubin" "Zenit"ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

  • 30 mart, 23:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

RPL 22-turi doirasida "Zenit" o‘z maydonida "Rubin" bilan kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda maydon egalari 4:0 hisobida zafar quchdi. 

Qozonliklar safida to‘p tepuvchi legionerimiz Rustam Ashurmatov uchrashuvning 63-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. U o‘yinga qo‘shilgan vaqtda "Rubin" bir kishi kam bo‘lib qolgandi. Gap shundaki, Aleksey Gritsaenko 54-daqiqada qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 

Hisobdagi farq qizil kartochkaga qadar ikkita edi, qizil kartochkadan so‘ng "Rubin" yana ikkita gol o‘tkazib yubordi. 

"Zenit" RPL jadvalida 46 ochko bilan ikkinchi, "Rubin" esa 32 ochko bilan ettinchi pog‘onani band etib turibdi. 

  • Russia - Premier Liga
  • Joriy Mavsum

Zenit

  • Mateo Cassierra 73'
  • Luciano Gondou 51'
  • Gustavo Mantuan 59'
  • Andrey Mostovoy 74'
Tugadi
4 : 0

30.03.2025 21:30

Tecno

Rubin Kazan

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!