
RPL. Bugun O‘runov va Jaloliddinov o‘ynayotgan klublarni muhim bahslar kutib turibdi
Bugun Rossiya Premer-ligasi 15-turiga start beriladi. Hamyurtlarimiz Oston O‘runov hamda Jasur Jaloliddinov harakat qilayotgan klublar ham aynan bugun o‘z o‘yinini o‘tkazadi.
Xususan, "Spartak" o‘z uyida "Dinamo" Moskva jamoasini qabul qiladi. Jamoalar RPL turnir jadvalida yonma-yon joylashgan va bu jihat derbining qiziqarli o‘tishini ta’minlashi tabiiy. G‘alaba "oq-qizillar"ni kuchli uchlikda olib qolsa, "Dinamo"ning medallar hududiga kirishini anglatadi.
Shuningdek, Jasur Jaloliddinov o‘ynayotgan "Tambov" klubi "Krasnodar" maydoniga safar qiladi. Ushbu o‘yin jadvalning 13-pog‘onasini egallab turgan tambovliklar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. G‘alaba qo‘lga kiritilgan taqdirda, "Tambov" 11-o‘ringacha ko‘tarilib, xavfli hududni tark etadi.
Fikrlar