Ruben Amorim "Barselona" hujumchisini nishonga oldi!

  • 22 oktabr, 15:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski Angliya Premer-ligasiga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda "Daily Star" nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 37 yoshli forvard bilan "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jiddiy qiziqmoqda. Ta’kidlanishicha, futbolchining o‘zi ham "Old Trafford"ga ko‘chishga rozilik bildirgan.

Shu bilan birga, "Barselona" yoshi katta hujumchi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirayotgani yo‘q. Levandovskining kataloniyaliklar bilan amaldagi kelishuvi kelasi yozda yakunlanadi.

Polshalik forvard "ko‘k-anorranglilar" safida 2022 yildan buyon harakat qilmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!