Ruben Amorim: "Klubning aniq rejasi bor va biz unga amal qilamiz"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim qishki transfer oynasida jamoaning rejalari haqida fikr bildirdi.
"Hozir ayrim muammolarga duch kelyapmiz, ammo klubning aniq rejasi bor va biz shu rejaga amal qilamiz.
Agar biz kelajakda jamoa uchun muhim bo‘ladi, deb hisoblagan futbolchini olish imkoniyati paydo bo‘lsa, bu amalga oshadi.

Agar unday imkoniyat bo‘lmasa, bizda Jek Fletcher bor, Shey Leysi bor. Uch haftadan keyin Amad Diallo, Nussair Mazraui va Brayan Mbyomo jamoaga qo‘shiladi. Shuningdek, Brunu Fernandes va Kobbi Maynu ham safga qaytadi", – deya ta’rif berib o‘tdi portugaliyalik mutaxassis.
Fikrlar