
Ruben Amorim: "MYudagi bosim – men uchun emas"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim o‘tgan mavsumda klubdagi bosim haqida fikr bildirdi:
"Bu men hayotimda ko‘rgan eng kuchli bosim emas edi. Futbolchilik faoliyatimni jarohatlar tufayli juda erta yakunlaganman. Shu paytlarda xotinim bilan egizel faylda moliyaviy holatimiz va ehtiyojlarimizni tartiblab chiqqanmiz. Men oilamga yordam berishni juda istaganman va aynan o‘sha vaqtda haqiqiy bosimni his qilganman.
Hozirgi paytda esa bu masala ko‘proq egoga borib taqaladi. Men "Manchester Yunayted"da murabbiy sifatida biroz muddat qolishni xohlayman. Bu klubni tanlashim uchun besh yil kerak bo‘ldi. Men bu erda omadsizlikka uchrashni istamayman.
20 yil davomida qolishni xohlayman. Bu mening maqsadim va men unga chin dildan ishonaman", – deya ta’rif berib o‘tdi qizil iblislar mutaxassisi.
Fikrlar