
"Rubin" Ashurmatovga o‘rinbosar topdi
"Rubin" qishki transferlar oynasida ayrim futbolchilarni qo‘yib yubormoqchi. Taniqlik insayder Ivan Karovning ma’lum qilishicha, jamoa 5 futbolchini sotish yoki ijaraga berishga tayyor. Ular orasida hamyurlarimiz Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliev ham bor.
"Ashurmatov 2 yil davomida asosiy tarkibga kira olmadi va raqobatni boy berdi. Unga Yaqin Sharq klublaridan qiziqish bor, ammo Qozonga hozircha aniq takliflar kelib tushmagan.
Rahmonaliev o‘zining iqtidoriga qaramay, zaxira futbolchisiga aylandi. 21 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum RPLda atigi 84 daqiqa o‘ynadi. Shu bois Qozon futbolchini doimiy yoki ijaraga qo‘yib yuborishga tayyor.
O‘zbekistonning “Navbahor”, “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Neftchi” klublari Umaralini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, lekin u vataniga qaytishni istamaydi. Futbolchi Turkiya va Avstraliyadan variantlar qidirmoqda", - deya yozdi Karpov.
Qozonliklar xorvatiyalik iste’dodli futbolchi Kreshimir Krizmanich qiziqish bildirmoqda. 24 yoshli markaziy himoyachi Xorvatiyaning birinchi ligasida ishtirok etuvchi "Goritsa" klubi sharafini himoya qiladi. Krizmanich joriy mavsum 19 ta o‘yinda ishtirok etib, ikkita gol urgan va bitta samarali uzatmani amalga oshirgan. Rashid Rahimov ushbu futbolchini tarkibda ko‘rishni istamoqda. Katta ehtimol bilan u Ashurmatovning o‘rnini egallaydi.
Ma’lumot uchun, ikkala legionerimizning ham "Rubin" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikrlar