Ruis Garrinchaning 60 yillik noyob rekordini yangiladi
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Fabian Ruiz milliy jamoa safida faoliyati boshidan beri ketma-ket 50 o‘yinda mag‘lubiyatsiz seriyani qayd etdi.
Bu ko‘rsatkich Ispaniyaning 2026 yildgi jahon chempionati finalida Argentinga qarshi o‘yinda (1:0, qo‘shimcha daqiqalarda) qozongan g‘alabasidan so‘ng rasmiy qayd etildi. Mazkur finalda Ruiz maydonga tushgan edi.
Statistik ma’lumotlar bilan shug‘ullanuvchi Opta portali xabariga ko‘ra, Fabian Ruiz shu tariqa afsonaviy braziliyalik hujumchi Garrincha rekordini yangiladi. Garrincha 1955–1966 yillar orasida milliy jamoa safida o‘tkazgan 50 o‘yindan 49 tasini mag‘lubiyatsiz yakunlagan edi.
Eng uzoq mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha mutlaq rekord esa hanuzgacha Ruizning hamyurti Karlos Marchenaga tegishli — u 2003–2010 yillar davomida Ispaniya terma jamoasi tarkibida 57 o‘yinni mag‘lubiyatsiz o‘tkazgan.
Qayd etish kerak, yakunlangan 2026 yildgi mundialda Ruiz Ispaniya terma jamoasining barcha sakkiz uchrashuvida maydonga tushdi va bir gol muallifiga aylandi.

Fikrlar