
Rus go‘zali Karolin Garsiyaning umidini chippakka chiqardi
Rossiyalik tennischi Anna Blinkova "Katta dubulg‘a" turkumidagi Frantsiya ochiq chempionatining ikkinchi davrasida kutilmagan natija qayd etdi.
Anna mazkur bosqichda mezbonlarning umidi bo‘lgan Karolin Garsiyaga qarshi kortga tushib, yakunda 1:6, 6:4, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa Blinkova uchinchi davrada amerikalik Medison Kiz va avstraliyalik Pristsilla Xon uchrashuvi g‘olibiga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi.
Fikrlar