
Rus klubiga jahon chempioni kerak emas
Moskvaning "Spartak" klubi joriy mavsum yakunlangach, o‘zining 2 nafar futbolchisi bilan xayrlashmoqchi.
Rus nashrlarining ma’lum qilishicha, Moskva grandi yangi mavsumda Lorenso Melgarexo va Andre Shyurrle kabi yarim himoyachilarning xizmatlariga ehtiyoj sezmayapti. Aytish kerakki, paragvaylik futbolchining shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va “Spartak” uni uzaytirmoqchi emas.
Germaniyalik futbolchining transferi esa “Borussiya” Dortmundga tegishli bo‘lib, moskvaliklar uni sotib olish istagini bildirishmayapti. Unga esa Turkiyadan takliflar bor.
Fikrlar